Indoneziyada sodir bo'lgan kuchli yer silkinishi qurbonlari 430 kishiga yetdi… (FOTO)

0

 

Shu haqda Indoneziya vitse-prezidenti Yusuf Kalla rasman ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, zilzila Sulavesi orolida sodir bo'lgan.

Ma'lumotda aytilishicha, qurbonlarning aksariyati Palu shahrida istiqomat qilgan. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham vayrongarchiliklar yuz bergani haqida xabar tarqatilgan. Ammo boshqa shaharlarda qurbonlar bor-yo'qligi haqida hech narsa deyilmagan.

Ayni paytda 10 mingdan ziyod aholi vakillari vaqtincha yashash uchun mo'ljallangan lagerlarga joylashtirilgan. Ularga ham har taraflama yordam ko'rsatilmoqda.

«Reuters» agentligi muxbirlarining tarqatgan xabariga ko'ra, kuchli yer silkinishi tufayli minglab uylar, kasalxonalar, savdo markazlari va otellar yer bilan yakson bo'lgan. Zilzila natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari esa birinchi navbatda Palu shahriga olib boradigan yo'lni o'z domiga tortib ketgan. Taxminlarga ko'ra, Paludan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan Dungaluda ham vayrongarchiliklar ko'p bo'lishi mumkin. Ammo qutqaruv otryadlari, ko'ngillilar, boshqa mutasaddilar hali Dungalugacha yetib bora olishmadi. Yusuf Kalla yana shu narsani ta'kidlab o'tdiki, qurbonlar soni taxminan ming kishidan ortishi mumkin. Sababi, kasalxonalarda zilzila va suv toshqinlari natijasida jiddiy jarohat olganlarning ko'pchiligi o'ta og'ir ahvolda ekani ma'lum qilingan.

Eslatib o'tamiz, 28 sentyabr kuni ertalab Indoneziyaning Sulavesi orolida avval balandligi olti metrga teng suv toshqini kuzatildi. Uning ortidan magnituda kuchi 7, 5 ballga teng zilzila sodir bo'ldi. O'sha mahal plyajlar to'la odam edi. Ko'pchilik balandligi 6 metrdan iborat suv toshqinidan saqlanib qola olmadi.

«Reuters»

Do'stlar, Telegramm kanalimizga barchangizni taklif etib qolamiz! Siz kanalimizga a'zo bo'lib, dunyo yangiliklari, qiziqarli hikoyalar va davomli asarlar, kundalik burjlar bashoratidan o'z vaqtida voqif bo'lasiz. Kanalimizda ko'rishguncha!!!

https://t.me/olimjonhayit

Aziz do'stim, sizni o'zimizning “WhatsApp”dagi kanalimizga lutfan taklif etamiz! Siz bu kanalda qiziqarli va tezkor xabarlar, bir-biridan ajoyib hikoyalar, davomli asarlarni o'qib, maroqli hordiq olasiz, yana bir qator shu kabi ma'lumotlarga boshqalarga nisbatan oldinroq ega bo'lasiz! Kanalimizga a'zo bo'ling!

https://chat.whatsapp.com/Jwpkj16hPyS5jkvcZxybVc