Soqoli bilan faxrlanadigan qozoq ayoli: erimga mashhurligim yoqadi (+foto)

0

Qozog'istonning janubidan bo'lgan yetmish yashar ayol mana 35 yildirki, soqol bilan yashaydi va yuziga biron marta tig' tekizmagan, deb yozmoqda Sputnik.

Tanishlari hurmat bilan «Muxtabar opa», deb chaqiradigan bu ayol ko'p farzandli oilada tavallud topgan. Uning so'zlariga ko'ra, ayol yuzidagi mo'ylar allaqanday g'ayritabiiy holat emas – soqol uning onasida, buvisida va hatto tug'ishgan opasida ham bo'lgan.

Muxtabar Torayeva mana 35 yildirki soqolli ayol hisoblanadi. Ushbu yillar davomida u biron marotaba yuziga tig' tekkizmagan: ramazon ro'zasidagi iftorliklarning birida bir keksaroq ayol uning yoniga kelib, soqolni hech qachon qirish kerak emasligini uqdirgan.

«U menga agar qirtishlasam, kasal bo'lib qolishimni aytdi. U menga sen boshqachasan, deb aytdi. Avlodimizda odamlarni davolash xususiyatiga ega odamlar bo'lgan. Haqiqatdan ham, bobomning otasi taniqli mo'lla bo'lgan va odamlarni davolagan», – deb esga oladi Muxtabar.

Ayolning aytishicha, u qiziqsinab boqadigan qarashlar va savollarga o'rganib ketgan.

«Qudamdan kunlarning birida, kechalari erkakka aylanmasligim haqida so'rashgan. Biz o'shanda miriqib kulganmiz. Ha, shunaqa voqealar ham bo'lib turadi, ayniqsa, odam gavjum joylarga borsam», – deb esga oladi Muxtabar.

O'z ona qishlog'ida soqolli ayolga hurmat bilan munosabatda bo'ladilar. Muxtabarni ba'zan qozoq milliy urf-odatlarini bajarishga taklif etishadi. Ayoldan oq fotiha istab keladiganlar ham juda ko'p.