“O'zbekiston 24” telekanalida tez-tez uchrayotgan qo'pol xatolar (foto)

0

Oxirgi paytlarda telekanallar orqali efirga uzatilayotgan ko'plab ko'rsatuv va lavhalarda titrlarni taqdim etishda ayrim xatolar ko'zga tashlanmoqda. “O'zbekiston 24” telekanali orqali bu kabi qo'pol xatolar tez-tez uchramoqda.

2018 yil 28 sentyabr MDH davlatlariga a'zo mamlakat rahbarlarining Tojikistonda amalga oshirilgan navbatdagi sammiti doirasida lavhalar berilib borildi. Mazkur lavhalarda ko'zga tashlangan xatolardan biri: “2018 yil 28 oktyabr” sanasi deb yozilgan.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda turli munozaralarga sabab bo'lib turgan paytda navbatdagi “hangoma”barchamizni diqqatimizni tortdi. Bu kanal xodimlarining e'tiborsizligi hosilasidir. “Axborot 24”dasturining Jizzax viloyatidan tayyorlangan lavhasida intervyu beruvchi erkakning ism sharifi ayol jinsdagi titr bilan ketgan.