O'zbekistonda birinchi qor! (+foto)

0

Kecha tunda O'zbekistonning Jizzax viloyati Zomin tumani tog'li hududida birinchi qor yog'di. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.


Shuningdek, Qashqadaryodagi Kitob dovonida ham 8 oktyabr kuni ertalab qor yog'di. Bu holat tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan e'lon qilindi.

Foydalanuvchilar xabariga ko'ra, Qamchiq dovonida ham 8 oktyabr kuni ertalab qor yog'ishni boshlagan.

Avvalroq, O'zgidromet 9-10 oktyabr kunlari O'zbekistonning tog'li hududlarida qor yog'ishi va tunda havo harorati 0 darajaga qadar pasayishi haqida ma'lum qilgandi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here