Bugun Toshkentda sodir bo'lgan yong'in taxminan 3 soat davom etdi

0

Taxminan soat 4:30 da Sergeli tumani Sputnik-7 mavzesida joylashgan shahar teri-tanosil kasalliklari dispanseriga qarashli xo'jalik ehtiyojlari uchun qo'shimcha joy sifatida foydalaniladigan eski binoda yong'in chiqqan deb xabar bermoqda Uz24.uz nashri.

Yong'in soat 5:44 da to'liq o'chirilgan. Natijada bino va tomining bir qismi yongan. Jabrlanganlar yo'q.

Hodisaga elektr tarmog'idagi qisqa tutashuv sabab bo'lgani taxmin qilinmoqda.