Buyuk Britaniyada havoni tozalaydigan avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yildi

0

Britaniyaning Sautgempton shahrida havoni tozalashga yordam beruvchi noodatiy avtobus paydo bo'ldi. Bu haqda “Design Feeds” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Sautgempton Britaniyaning eng iflos shahari. Shuning uchun “Go-Ahead” transport kompaniyasi bu muammoni tuzatishga qaror qildi. U avtobusni ifloslangan havoni qayta ishlaydigan va toza havo chiqaradigan maxsus filtr bilan jihozladi.

Bunday holda 10 metr balandlikkacha havo tozaligini ta'minlash mumkin ekan.

Nodira Qurbonboyeva tayyorladi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here