Habib Nurmagomedovga «Dog'iston xalq qahramoni» unvoni va «Oltin burgut» nishoni beriladi​

0

Mutlaq janglar chempionati «UFC»ning yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedovga “Dog'iston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi.

«Regnum» agentligi xabariga ko'ra, bu haqda polkovnik Magomed Tankayev nomidagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash fondi ma'lum qilgan deb yozadi Darakchi.uz nashri.

Aytish joizki, respublikaning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan fuqarolarga beriluvchi bu mukofot 13 yil avval imom Shomil nomli xalqaro fond tomonidan ta'sis qilingan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here