Koinotga yo'l olgan «Soyuz» raketasida avariya yuz berdi. Fazogirlar tirik, faqat…

0

Xalqaro koinot stansiyasiga yo'l olgan «Soyuz» raketasining ikkinchi bosqich dvigatellari ishdan chiqdi. Bu haqda Boyqo'ng'ir kosmodromidagi manbaga tayanib, «daryo.uz» ma'lum qildi.

Rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin va NASA astronavti Nik Xeyg ortga qaytgani bildirilmoqda.

«Ekipaj tirik va Qozog'istonga qo'ndi. Qo'nish joyiga qidiruv-qutqaruv otryadi yuborildi», —ta'kidladi manba.

Raketa Boyqo'ng'irdan 11 oktyabr, payshanba kuni tongda uchirilgandi. Avariya parvozning 119-soniyasida birinchi bosqich yon qurilmalarining ikkinchi bosqich markaziy blokidan ajralish chog'ida yuz berdi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here