Putin Habib bilan uchrashdi va sportchining otasidan uni qattiq jazolamaslikni so'radi (video)

0

Rossiya federatsiya prezidenti Vladimir Putin UFC chempioni Habib Nurmagomedovni shaxsan o'zi Konor Makgregor ustidan qozonilgan g'alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Putin sportchi va uning otasi bilan «Rossiya — sport mamlakati» forumidan so'ng yuzma-yuz o'tirib suhbat qilgan.

«Tabriklayman seni»,—deya so'z ochgan Putin. Shundan so'ng prezident Habibning otasidan uni jangdan so'ng uyushtirgan janjali uchun qattiq jazolamaslikni so'ragan.