Qodirov uni «sharmanda qilgan» chechenistonlikka darhol Grozniyga kelishni buyurdi

0

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov metroda yonida o'tirgan yo'lovchiga banka otgan noma'lum yigitning xatti-harakatlariga keskin munosabat bildirdi.

Internetda paydo bo'lgan videodan ko'rish mumkinki, shaxsi aniqlanmagan yosh yigit energetik ichimlik bankasini yonida o'tirgan odamga qarata otishi tasvirlangan. Shu bilan birga, ushbu shaxs shunday degan: «Axmat – kuch». Bildirilishicha, yigit Checheniston rahbariga aloqador bo'lgan sport klubini nazarda tutgan.

Qodirov o'zining telegram-kanalida bu yigitga ultimatum qo'ydi: o'z yaqinlari bilan darhol Grozniyga yetib kelish. Shuningdek, Checheniston rahbarining qo'shimcha qilishicha, bu harakat o'ziga juda yomon ta'sir qilgan.

 

«Bugun men juda ham g'azabdaman», – deb yozadi siyosatchi. Uning qo'shimcha qilishicha, videoning muallifida bu talabni bajarish uchun bir necha soat vaqti bor, aks holda u juda afsuslanadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Qodirov Timati va Nurmagomedov mojarosi sabab videomurojaat bilan chiqqandi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here