“O'zbekiston havo yo'llari” Pyotr Karimovning da'vo arizasiga javob berdi

0

“O'zbekiston havo yo'llari” MAK tomonidan Pyotr Karimovga bo'shagandan so'ng unga hisob-kitob qilinishi va hujjatlarni olib ketishi haqida ogohlantirish xati yuborilgan. Bu haqda  aviakompaniyaning matbuot kotibi Zumrad Shadjalilova Sputnik tahririyatiga ma'lum qilgan.

O'zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning o'g'li Pyotr Karimov “O'zbekiston havo yo'llari”ga nisbatan da'vo arizasi bilan Moskvaning Tver sudiga murojaat qilgan.

Da'vo arizasi quyidagicha mazmunda topshirilgan: «to'lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo'yicha nizolar».

Sud yig'ilishi 24 oktyabrga tayinlangan.

Pyotr Karimov 2004 yildan 2017 yil aprel oyigacha “O'zbekiston havo yo'llari” MAKning Moskva filiali kompaniyaning bosh vakilining yordamchisi lavozimida ishlagan.

“Karimov Mehnat kodeksiga asosan o'z xohshiga ko'ra bo'shagan. Biz buyruqlarni ko'tardik va bu fakt tasdig'ini topdik”, – dedi Shadjalilova.

Pyotr Karimov 1969 yilda tug'ilgan. OAV ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.