Yangi xavf: asteroid-kentavrlar Yer bilan to'qnashishi mumkin

0

Olimlarning taxmin qilishlaricha, dinozavrlar 3,8 milliard yil avval aynan asteroid-kentavrlar bilan to'qnashuv oqibatida qirilib ketgan bo'lishi mumkin, deb yozadi «VistaNews.ru»ga asoslanib daryo.uz.

Asteroid-kentavrlar bir vaqtning o'zida kometa va asteroidlarning xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgani uchun ham shu nomni olgan. Yupiter va Neptun yaqinida ular ko'p miqdorda to'plangan. Olimlarning fikricha, ular istalgan vaqtda Yerdagi hayotga putur yetkazib, yangi turlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Asteroid-kentavr — bu nobarqaror orbitadagi chang va muzdan tarkib topgan qattiq jism.

Taxminan yuz yilda bir marta gravitatsiya ta'sirida asteroidlardan biri orbitadan chiqib, Yer tomon harakatlana boshlaydi.

Olimlarni bunday meteoritlarning allaqachon Mars yaqinida uchratilgani xavotirga solmoqda.

Yerga yaqin asteroid-kentavr 10 kilometr diametrga ega. U istalgan vaqtda Yerga qarab harakatlanishi mumkin.

Vena universitetining astrofizigi Rudolf Dvorjak ushbu holat yuzasidan quyidagi fikrlarni bildirgan:

«Bunday hodisalar hayotdagi mavjud yashash tarzini yo'q qilib, yangi turlar hosil bo'lishiga munosib sharoit yaratishi mumkin».

Dvorjakning hamkasbi astronom Mattia Galiasso asteroid-kentavrning Yerga qulashi oqibatlarini baholadi.

U vaziyatning modelini yaratdi. Olimning taxminicha, Yerda asteroid qulaganidan so'ng 100 kilometrdan kattaroq hududda teshik yuzaga keladi. Sayyoraga ko'p hajmda suv yog'iladi.

Astrofiziklar hozirda asteroid-kentavrlarni yaqindan kuzatishga kirishgan. Ushbu jismlar bugungi kunda Yerga juda yaqin joylashgan.