Xalqaro qidiruvda bo'lgan o'ta xavfli qotil O'zbekistonda qo'lga olindi

0

Jinoyatchi Toshkent viloyati hududida qo'lga olindi.

«Turkiston viloyati politsiya departamentining kriminal politsiya xodimlari tomonidan qotilligi uchun xalqaro qidiruvda bo'lgan Tojikiston Respublikasi fuqarosini qidirish va qo'lga olish bo'yicha operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi», – deb ma'lum qildi Qozog'iston IIV rasmiy vakili Almas Sadubayevga tayanib Kun.uz nashri.

Qayd etilishicha, u qariyb o'n yil davomida odil sudlovdan yashirinib yurgan.

«Jinoyatchining joylashgan manzili haqida o'zbekistonlik hamkasblarimiz xabar qilishdi. Ikki davlat politsiyasining yaqin hamkorligi natijasida u O'zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatida qo'lga olindi va qilmishiga yarasha jazo oladi», – dedi Almas Sadubayev.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here