Londondagi «Christie’s» kimoshdi savdo uyida marhum fizik-teoretik Stiven Xokingning nogironlar aravachasi 393 ming dollarga sotildi…

0

 

Dastlab bu aravachaga 13 ming dollar narx belgilandi. Ammo uni o'z narxidan 30 barobar qimmatga sotib olishdi. Aravacha bilan bir vaqtda Xokingning 1965 yili yozib tugallangan dissertatsiyasi ham sotildi. Dissertatsiyani tashkilotchilar jami 767 ming dollar evaziga sotishdi. Savdodan tushgan pullarning barchasi xayriya maqsadlariga sarflanishi rejalashtirib qo'yildi.

Eslatib o'tamiz, Stiven Xoking 1942 yil 8 yanvarida Oksfordda tavallud topgan. 1963 yili vrachlar unga amiotrofik skleroz tashhisini qo'yishgan. Oradan 22 yil o'tgach, gapirish imkonidan ham mahrum bo'ldi. Xoking nogironligiga qaramay, zamonamizning eng kuchli va mashhur fizik-teoretik olimiga aylandi. U 2018 yil 14 mart kuni o'zining Kembrijdagi uyida olamdan o'tdi.

lenta. ru

 

Do'stlar, Telegramm kanalimizga barchangizni taklif etib qolamiz! Siz kanalimizga a'zo bo'lib, dunyo yangiliklari, qiziqarli hikoyalar va davomli asarlar, kundalik burjlar bashoratidan o'z vaqtida voqif bo'lasiz. Kanalimizda ko'rishguncha!!!

https://t.me/olimjonhayit

Aziz do'stim, sizni o'zimizning “WhatsApp”dagi kanalimizga lutfan taklif etamiz! Siz bu kanalda qiziqarli va tezkor xabarlar, bir-biridan ajoyib hikoyalar, davomli asarlarni o'qib, maroqli hordiq olasiz, yana bir qator shu kabi ma'lumotlarga boshqalarga nisbatan oldinroq ega bo'lasiz! Kanalimizga a'zo bo'ling!

https://chat.whatsapp.com/Jwpkj16hPyS5jkvcZxybVc

 

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here