Yaponiyalik erkak onasi olamdan o'tgach, bir necha hafta murda bilan birga yashadi…

0

 

U Yaponiyaning Iokogama shahrida yashovchi 49 yoshli hech qaerda ishlamaydigan erkak bo'lib, 76 yoshli onasi olamdan o'tgach, murda bilan birga bir necha hafta yashashga majbur bo'lgan. Sababi keyinroq ma'lum bo'ldi. Bunday erkaklarni Yaponiyada «Xikikomori» deb atasharkan. Bu odamlar jamiyatdan, tashqi dunyodan butkul uzilgan holda yashaydi. Hech qachon xonadan tashqariga chiqmaydi. Qornini ham qarindoshlari hisobidan to'ydiradi. Hech kim bilan gaplashmaydi. Sukut saqlashdan nariga o'tmaydi. Bu erkak ham o'shalarning biri-da. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari qamoqqa olib, tergov jarayoni boshlangach, shunday dedi:

— Men onam olamdan o'tgach, jasadini nima qilishni bilmadim. Bundan bir necha kun avval singlim kelib ketgandi. Uning yana kelib qolishini kutishdan bo'lak chora topa olmadim… To'g'ri, ekspertiza ayol tanasida jarohat izlari yo'qligini ko'rsatdi. U yo xastalik, yoki keksalik tufayli vafot etgani qayd etildi. Ammo erkak baribir jazoga tortiladi. Sababi, Yaponiyada odam olamdan o'tsa, yaqinlari bu haqda tegishli tashkilotga o'z vaqtida xabar bermasligi jinoyat hisoblanadi.

Sora News 24

 

Do'stlar, Telegramm kanalimizga barchangizni taklif etib qolamiz! Siz kanalimizga a'zo bo'lib, dunyo yangiliklari, qiziqarli hikoyalar va davomli asarlar, kundalik burjlar bashoratidan o'z vaqtida voqif bo'lasiz. Kanalimizda ko'rishguncha!!!

https://t.me/olimjonhayit

Aziz do'stim, sizni o'zimizning “WhatsApp”dagi kanalimizga lutfan taklif etamiz! Siz bu kanalda qiziqarli va tezkor xabarlar, bir-biridan ajoyib hikoyalar, davomli asarlarni o'qib, maroqli hordiq olasiz, yana bir qator shu kabi ma'lumotlarga boshqalarga nisbatan oldinroq ega bo'lasiz! Kanalimizga a'zo bo'ling!

https://chat.whatsapp.com/Jwpkj16hPyS5jkvcZxybVc

 

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here