Gaz yo'q, ammo gazdan qarzdorlik bor

0

Gaz taminoti bo'yicha fuqarolarga asossiz ravishda qarzdorliklar yozilishi tez-tez kuzatilmoqda. Ana shunday holatlardan biri Xorazm viloyati, Beruniy tumani “Do'stlik” OFYda yashovchi fuqaro U.Qurbonov bilan yuz bergan.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yil 15 aprel kuni Qurbonov xonadoni qarzdorliklar sababli tarmoqdan ajratilgan, shunga qaramasdan shu kungacha bo'lgan, ya'ni 20 oy muddat ichida hajm ko'rinishda normativ hisobda 4 012 000 so'm to'lov hamda dalolatnoma jarimasiga 299 550 so'm jami 4 311 550 so'm qarzdorlik yozilganligi aniqlangan.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan ishlar natijasida qo'llanilgan 4012000 so'm to'lovi bugungi kunda normativ bo'yicha qayta xatlov o'tkazib fuqaroga 74 934 so'm hisoblab berildi. Hamda iste'molchi xonadoniga gaz tarmog'i ulab berildi.
Fuqaro U.Qurbonov asossiz qarzdorlik hisoblangan yagona iste'molchi emas. Respublika bo'ylab gaz ta'minoti bo'yicha bir necha viloyatlarda shunday vaziyatlarga guvoh bo'lmoqdamiz.

Manba: UzA.uz