“Lasetti”ni haydab qochgan fuqaro uzoqqa bora olmadi

0

2019 yil 7 yanvar kuni fuqaro Sh.M. Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Xuroson ko'chasida joylashgan “Mini market” savdo do'koni oldida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi M.U. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinani haydab qochib, avtomashinani Xuroson ko'chasidagi yo'l-harakati belgisiga urib, o'zi voqea joyidan qochib ketgan.

Ko'rilgan choralar natijasida Sh.M. qo'lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here