Mana bu yangilik! Mourino O'zbekistonning o'yinini sharhlaydi!

0

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino futbol sharhlovchisi bo'ladi.
Portugaliyalik mutaxassis «beIN Sports» telekanalida  Osiyo Kubogi o'yinlarini sharhlab turadi. Aytilishicha, u 13 yanvardan keyingi barcha o'yinlarda sharhlovchilik qilishi kutilmoqda. Aynan 13 yanvar kuni O'zbekiston Osiyo Kubogida Turkmanistonga qarshi o'ynaydi.

Ma'lumotlarga qaraganda, u 19 yanvar kungi «Arsenal» – «Chelsi» bahsida ham ishlaydi.

Championat.asia