Rossiya samolyoti ekipaji eshikni yopishni esdan chiqardi va yarim yo'lda laynerni ortga qaytardi

0

«Ruslayn» aviakompaniyasi avialayneri samolyot salonida yopilmay qolib ketgan eshik tufayli yo'lning yarmidan ortga qaytdi. Bu haqda «Interfaks» Moskva aeroportining aviadispetcherlik xizmatlariga asosan xabar bermoqda.

Avialayner Moskvaning Vnukovo aeroportidan Belgorodga 11 yanvar kuni ertalab parvoz qilayotgandi, biroq bir necha soatdan so'ng ekipaj kabinasidagi datchik salon eshiklaridan biri yopilmaganini ko'rsatdi. Ekipaj samolyotni parvozga chiqqan aeroportga qaytarishga qaror qildi.

Dekabrda Sietldan (AQSh) Dallasga parvoz qilgan Southwest Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortda esdan chiqarib qoldirilgan donor organi tufayli parvoz qilgan aeroportga qaytgandi. Parvoz vaqtida layner kapitani bu haqda yo'lovchilarga xabar berdi va ular avvaliga eshitganlaridan hayratga tushishdi. Biroq, keyinchalik ular bu kimnidir hayotini saqlab qolishi mumkin ekanidan xursand bo'lishgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq ekstremal sharoitda eng katta samolyotning xavfli qo'nishi videoga olingandi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here