Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi O'zbekistonda AYoQSh tarmog'ini qurishni rejalashtirmoqda

0

Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi O'zbekistonda bahor oyida AYoQSh tarmog'i qurishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda  Toshkent viloyatida 22 ta yoqilg'i qo'yish shahobchalari quriladi, deb xabar qildi RIA Novosti viloyat ma'muriyati vakiliga asoslanib.

“Tatneft” loyihasi bahor oyida boshlanadi. Birinchi bosqichda Toshkent viloyatida 22 ta AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda”, – dedi ma'muriyat vakili.

U 2018 yil dekabr oyining oxirida Rossiya neft kompaniyasi O'zbekiston adliya vazirligida Nurafshondagi xom-ashyo yetkazib beruvchi filial “Tatneft-AZS-Tashkent” MChJni ro'yxatdan o'tkazganini qo'shimcha qildi.

“Tatneft” O'zbekistondagi AYoQShlariga o'z yoqilg'isini yetkazib beradi. Tayyor mahsulotlarini saqlash uchun «O'znefteprodukt» AJ rezurvuarlarini ijaraga oladi.

Sputniknews-uz.com