Surxondaryoda poezddan portlovchi modda topildi

0

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yo'l chegara bojxona posti xodimlari qo'shni Turkmaniston Respublikasidan O'zbekiston hududiga kirib kelgan yuk poezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi.

Tungi soat 2:00 da O'zbekiston hududiga kirib kelgan yuk poezdi bojxona nazoratidan o'tkazilgan. Poezd tarkibidagi vagonlarning birida, ko'z ilg'amas joyda qizg'ish rangdagi “Trotilovaya shashka ves 200 gramm” nomli portlovchi modda topilgan. uning yonida bir dona detonatori ham bo'lgan.

O'zAning yozishicha, ushbu holat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

 

qalampir.uz

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here