Tojikistonlik tadbirkor O'zbekistonda chips ishlab chiqaruvchi korxonani ochdi

0

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Samon Turon” MChJ investitsiya loyihasi asosida tojikistonlik tadbirkor Suhrob Rizayev tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu haqda O'zA xabar qildi.

Korxonada makkajo'xori va kartoshka qalamchalari ishlab chiqariladi.

20 nafar yigit-qizning bandligi ta'minlangan korxonada kelgusida ish ko'lamini kengaytirish hisobidan qo'shimcha 20 ish o'rni yaratiladi.