Bobo nabiralari ortidan jek-pot yutib oldi

0

Irlandiyalik qariya lotoreyada 500 ming yevrolik jek-potni yutib oldi. Uzoq yillardan buyon lotoreya o'ynab keladigan bu inson joriy yilning 22 yanvar kuni navbatdagi biletlarni ham internet orqali sotib olgan va har doimgi raqamlarni belgilagan. Bu raqamlar uning 5 nafar nabirasi tavallud sanalari edi.
– Men har doim faqat shu 5 ta raqamni belgilab kelganman, – deydi baxtiyor bobo. – Endi nabiralarimga yanayam ko'proq g'amxo'rlik qilishga imkoniyatim bor.