Jizzaxda sakkiz kishi tuzlamadan zaharlandi

0

2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ayol) o'z uyida oila a'zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini (tuzlama) iste'mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan.

Ularning 5 nafariga kasalxonada tibbiy yordam ko'rsatilib, uyiga javob berilgan. Uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.