Saudiya Arabistoni TIV: “Valiahd shahzoda Qoshiqchini o'ldirishga buyruq bermagan”

0

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon jurnalist Jamol Qoshiqchini o'ldirishga buyruq bermaganini ma'lum qildi.

“Biz bu ishga ruxsat olinmaganini bilamiz. Bu ishni amalga oshirish uchun hech qanday buyruq berilmagan”, – dedi vazir amerikalik jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Odil Jubayr kuni kecha The New York Times gazetasida chop etilgan maqolani izohlashni istamadi. O'sha maqolada agar Jamol Qoshiqchi Saudiya Arabistoniga qaytishni istamasa, Muhammad ibn Salmon uning otib o'ldirilishini aytgani yozilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilib kelgan Jamol Qoshiqchi 2018 yilning 2 oktyabr kuni Istanbuldagi konsulxonada o'ldirilgan edi. Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist konsulxonada kelib chiqqan janjalda o'lganini 20 oktyabrda ma'lum qildi, biroq Qoshiqchining jasadi topilmadi.

Azon.uz

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here