Toshkentda yashovchi qiz selfi kasriga qoldi…

0

 

Shu yilning 9 fevralida Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 14 yoshli qiz ko'p qavatli uyning uchinchi qavatidan turib selfi qilishga uringanda, daf'atan pastga qulab tushdi. Ichki ishlar vazirligi vakillarining aytishiga qaraganda, qizaloq turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ushbu fakt yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.