KUN KULGISI…

0

 

* * *

 

Qush bo'lib tug'ilish juda yomon. Chunki, tuqqan onangni erkalanib o'pmoqchi bo'lasan-u, cho'qib olgan bo'lib chiqaverasan.

 

* * *

 

To'g'ri, baxt cho'ntakdagi pulning qanchaligi bilan belgilanmaydi. Ammo ko'pchilik avtobusdan ko'ra «Limuzin» yoxud BMV salonida o'tirib yig'lashni ma'qul ko'radi.

 

* * *

 

Geometriya fani qonunlariga ko'ra, sevgi uchburchagi uchta burchakdan biri ahmoq va go'l bo'lgandagina mavjud bo'ladi.

 

* * *

 

— Do'xtir, bu jarohatdan so'ng ayollar haqida umuman o'ylamaymanmi?

— Aslo. Men buni skeleroz bo'yicha buyuk mutaxassis sifatida aytyapman.

 

* * *

 

Ikki do'st uchrashib qolishdi.

— Eshitishimcha, uylanganmishsan. Rostmi?

— Ha.

— Xo'sh, xotining qalay ekan?

— Do'stlarimning maqtashlaricha, zo'r emish.

 

* * *

 

Sport mahsulotlari do'konida. Xaridor yangi parashyut sotib oldi va sotuvchidan uni qanday ishga solish haqida so'radi.

— Mana bu aylanani mahkam tortsangiz, parashyut ochiladi.

— Ochilmasa-chi?

— Unda manavi kichkina aylanani tortasiz.

— Undayam ochilmasa-chi?

— U holda… Do'konga kelib boshqasiga almashtirib olasiz.

 

* * *

 

Ma'lumot berishlaricha, erkakning qalbiga yo'l go'zal ayollar uchun oshqozon, xunuk va shallaqi ayollar uchun jigar orqali o'tarkan.

 

* * *

 

Marshrut taksisi eshigidagi yozuvdan:

— «Kim qattiqroq mashina eshigini yopadi?» degan tanlov e'lon qilindi. G'olibga sovg'a sifatida shaxsan haydovchining o'zi montirovka hadya etadi.

 

* * *

 

Avtobusda:

— Agar qari kampirga hech kim joy bo'shatishni istamayotgan bo'lsa, bu ishni men — haydovchi hoziroq amalga oshiraman.

 

* * *

 

Kit xotinining atrofida suzib aylanarkan, norozi so'zlana boshladi:

— Qara, mamlakatlar ko'p. Ekologik tashkilotlar milyonta. Hamma bizning avlodimiz yo'qolib ketmasligi uchun kurashyapti. Sen bo'lsang, «Boshim og'riyapti» deganing-degan.

Olimjon HAYIT tayyorladi