Itlarga baland ovozda xurish taqiqlandi!

0

Fransiya shimolidagi Fekyer shahrida itlarga baland ovozda xurish taqiqlandi. Bu taqiqni buzganlar 68 yevro jarima to'laydilar.

Shahar meri Jan-Pyer Estyen shovqin-surondan shikoyat qilayotgan aholining so'zlariga quloq tutdi. Hozirda mazkur qonun itlari vovullab, qo'shnilarni bezor qiladigan hududlarga e'lon tariqasida tarqatilmoqda.

Hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar darhol bu qoidaga qarshi oyoqqa turishdi. Biroq shahar ma'muriyati jarima faqat qo'shnilari doim shikoyat qiladigan it egalariga nisbatan qo'llanilishini tushuntirib o'tishdi.

Fekyer itlarga baland ovozda vovullash taqiqlangan birinchi hudud emas. 2012 yilda Sent-Fua-lya-Grand shahrida ham shu qonun joriy etilgan edi.