Samarqandda havoda muallaq turuvchi “sky-restoran” ochiladi

0

Samarqandda endi havoda osilib turadigan restoranlar tashkil etiladi.

Bu loyiha haqida Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Jomboy, Bulung'ur, Toyloq, Payariq, va Oqdaryo tumanlari tadbirkorlari bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.

Viloyat rahbariga umumiy hisobda 45,34 million dollar ketadigan 26 ta loyiha namoyish etilgan. Ular orasida zamonaviy issiqxonalar, mehmonxona, gipermarketlar qurish, shpris, meditsina qo'lqoplari, antibiotiklar, bolalar tugliklari, nam salfetkalar, o'simlik yog'i, qurilish mollari ishlab chiqarish kabi tarmoqlar mavjud.

– Yaponiyalik hamkorlarimiz bilan Toyloq tumanida besh qavatli gipermarket qurishni rejalashtiryapmiz, – deydi “Japan Trading Group Co” rahbari tadbirkor Botir Qoraxo'jayev. – Buning uchun loyihaga 8,3 mlrd. so'm mablag' yo'naltirilgan. Million dollarini yaponiyalik hamkorlarimiz berishadi. Gipermarketni shu yilning o'zidayoq topshirishni rejalashtirganmiz. Ikkinchi yirik loyihamiz – Yaponiya bilan birgalikda shpris va tibbiyot qo'lqoplarini ishlab chiqarish. Bundan 120 ta mahalliy aholi vakili ish bilan ta'minlanadi.