Suriyadagi kimyoviy hujumdan keyingi aks etgan holatlar sahnalashtirilgani ma'lum qilindi

0

“Bi-bi-si” teleradiokompaniyasining Suriya mavzusi bo'yicha prodyuseri Riam Dalatining ma'lum qilishicha, Suriyaning Duma shahriga kimyoviy hujumdan keyin shifoxonada hujum jabrdiydalari bilan bog'liq aks etgan holatlar sahnalashtirilgan. “6 oylik tergovdan keyin Dumadagi shifoxonada aks etgan holatlar sahnalashtirilgan bo'lganini isbotlay olaman. U yerda hech kim halok bo'lmagan”, deb yozgan prodyuser tvitterda. Dalatining aytishicha, hujum vaqtida zarin qo'llanmagan. “Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotining xlor yoki boshqa biror modda qo'llangani borasidagi  xulosalarini kutib qolamiz. Hujumni yoritish bilan bog'liq qolgan barchasi effektni kuchaytirish maqsadida sahnalashtirilgan”, deb aytgan Dalati.

“Oq kaskalilar” tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2018 yil 7 aprelda Suriya hukumat qo'shinlari “Jaysh al-islom” guruhi tomonidan nazorat qilingan Dumaga xlor va asab-falajlovchi modda yordamida kimyoviy hujum amalga oshirgan. Hujum oqibatida 70 ga yaqin odam halok bo'lgan. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu kimyoviy hujumga qat'iy javob qaytarishga va'da qilgandi.