Amerikada ko'p xotinli firibgar qo'lga olindi…

0

 

Ma'lum bo'ldiki, Maykl Middlton ismli erkakning turli shtatlarda to'rtta xotini bo'lgan. Ular bir-birlari haqida umuman ma'lumotga ega bo'lishmagan. Firibgar erkak esa har bir xotinga uylangach, pullarini shilib olavergan.

Masalan, 2013 yili u Nyu-Gempshir shtatiga qarashli Ekseter shahrida yashovchi Alisiya Grant ismli ayolga uylandi. Uylanganiga ko'p bo'lmay, «sevgilisi»dan avtomobil sovg'a qilishini so'radi. Ayol o'ziga to'q, badavlat edi. Avtomobilga qo'shib, qimmatbaho kiyimlar, kompyuter va juda qimmat turadigan gadjetlarni hadya etdi. Eri xursand bo'lsa bas dedi. Keyinchalik bildiki, Maykl sovg'a qilingan buyumlarni unga sezdirmasdan do'konga olib borib topshirgan-u, pullarini qaytarib olgan. Oradan yana bir necha hafta o'tgach, Middlton Alisiya bilan janjallashib qoldi-yu, uni kaltaklab politsiyaga tushdi. Politsiyachilar qo'yib yuborishgach, izsiz g'oyib bo'ldi. Shunga qadar u Alisiyaning 20 ming dollar pulini o'marib ulgurgan ekan.

Alisiya qochoq va firibgar erini ancha vaqt qidirdi. Bu orada Middlton xotinboz va firibgar ekanidan allaqachon xabar topgandi. Pullarini qaytarib olish, ajrashish niyatida qidirdi. Middltonga nisbatan qidiruv e'lon qilindi. Oradan hech qancha o'tmay, Alabama hamda Jorjiya shtatlarida ham Middltonning ikki xotini yuz ko'rsatdi. Bundan tashqari, to'rtinchi xotini, aniqrog'i, oxirgisi va yoshi 25 yoshli Eshli Klaymer bo'lib, 2016 yili Middlton bilan internet orqali tanishgan. Bir necha oydan so'ng ular turmush qurishgan. Keyingi uch yil ichida ular turli shaharlarga sayohat qilishgan. 2017 yili farzandli bo'lishgan. Bu farzandni esa er-xotin Missuri shtatida yashovchi bir oilaga hadya qilib yuborishgan ekan.

Qarangki, Klaymer ham erining xotinboz, firibgarligidan yaqinda xabar topib qoldi va o'z qo'li bilan Middltonni politsiyaga tutib berdi.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atishdi.