«Zo’r TV» telekanalini o'zbeklar mentalitetiga to'g'ri kelmaydigan seriallar namoyish etayotganlikda ayblashdi…

4

 

Yaqinda fuqaro Elmurod Soliyev «Zo’r TV» telekanali bosh muharriri bilan telefon orqali suhbatlashish jarayonida telekanal orqali ko'rsatilayotgan o'zbeklar mentalitetiga umuman zid turk seriallari namoyishi to'xtatilishini talab qildi. U seriallar misolida «Hovli» deb nomlangan turk kinoijodkorlari tarafidan yaratilgan serialni nazarda tutgan.

Talab doirasida Elmurod Soliyev agar talabi ado etilmasa, telekanal ustidan yuqori tashkilotlarga yozma ravishda shikoyat qilishini ham qistirib o'tdi. Uning aytishicha, turk seriallari yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta'sir o'tkazib, ularni bosqinchilik, behayolik kabi illatlarga undayotgan ekan.

Telekanal bosh muharriri Elmurod Soliyevning talablariga hech qanday javob bermadi. Faqat keyinchalik «Hovli» serialining namoyish vaqtini oldinga surib qo'yishdi xolos.

upl. uz

 

4 FIKRLAR

  1. Zur TV namoyish kilaetgan Xovli filmi odamlarning vaktini ugirlash va yeshlarning dunekarishini buzishga yunaltirilgan.

  2. Zur tv xodimlarini urniga yaxshi tarbiyalanganliri kuyish kerak.Shuncha gap suzdan keyin xulosa chikarmagan Zur tv bosh muxarridan bundan battarini kutish mumkin. …

  3. Be'mani ko'rsatuvlari ko'pyib ketgan TV kanalarga jarima solish kerak. Odamlarni tarbiyaga boshlashni o'rniga tarbiyasini buzishmoqda.

Comments are closed.