Lola Karimova Tillayeva o'z go'zallik sirini ochdi…

0

Lola Karimova Tillayeva o'zining instagramdagi sahifasida muxlislari bilan to'g'ri ovqatlanish borasida suhbatlashdi.

— To'g'ri ovqatlanish mavzusi juda ko'p bahslarga sababchi. Ikki inson bir xil bo'lmaganidek, bu borada barchaga mos keladigan aniq bir javob ham mavjud emas. Men shaxsan o'zimga to'g'ri keladigan ovqatlanish tarziga rioya qilaman. Men sut va go'sht mahsulotlarini iste'mol qilmayman. Ovqatlanish parhezim asosini o'simlik mahsulotlari tashkil etishni boshlaganidan so'ng, o'zimni yaxshi his qila boshladim hamda har xil allergik reaksiyalardan forig' bo'ldim. Mening ovqatlanish ratsionim asosan o'simlik mahsulotlari, sabzavot, mevalar, turli yong'oq, pista va donlardan tashkil topgan. Sut va qatiqni o'zim uy sharoitida o'simlik mahsulotlaridan, masalan bodom yoki suli yormasidan tayyorlayman. 
Taomlarning asosiylaridan biri nonushta deb hisoblayman. Sizchi? Siz uchun kun davomida asosiy ovqatlanish vaqti qaysinisi: nonushta, tushlik yoki kechki ovqatmi?