«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «Usmon I ga rad javobi berishga jazm etgan kanizak»

1

 

Usmoniylar imperiyasi asoschisi shoh Usmon I taxtga o'tirgach, o'z haramini tashkil etish harakatiga tushgan. Bu dunyo miqyosidagi hukmdorlarga xos odatiy an'ana edi. Ammo boshqalardan farqli o'laroq, Usmon G'ozi haramga faqat o'ziga to'q beylarning qizlarini qabul qilgan. Shunga qaramay, tarixiy ma'lumotlarda bu haramdan qashshoq bir qiz, qul ham o'rin ola bilganini yozishadi. Ma'lumot berishlaricha, ismi-sharifi hanuz sirligicha qolib ketgan bu qiz husn-u jamolda, aqlda tengsiz edi. Usmon G'ozidek qudratli hukmdor esa bu qul qizni sevib qolgan. Ammo unga erishishi oson kechmagan. Hali haramda paydo bo'lmay turib, hukmdor uning qashshoq oiladanligini bilib turib sovchi qo'ygan. Sovchilar esa quruq qo'l bilan qaytishgan. Qiz hukmdorga tegishdan bosh tortibdi.

— Men faqat o'zim sevgan kishigagina turmushga chiqaman, — debdi sovchilarga qiz. — Menga erkaklarning boyligi, qudrati umuman qiziq emas…

Albatta, Usmon G'ozi bunday rad javobini kutmagandi. Qiz albatta unga xotin bo'lishini, haramda yashashini xohlagandi. Qizni o'g'irlab ketishga majbur bo'ldi. O'sha davr odatiga ko'ra, agar qiz bola qalliqning xonadonida uch kun yashasa, vallomati ham uni olib ketishga haqli emasdi. Olib ketmasdi ham. Chunki bu qiz er ko'rgan hisoblanardi. Qaytarib olib ketish uning ota-onasi uchun sharmandalik sanalardi. O'sha-o'sha qiz Usmon G'ozining saroyida qolib ketdi. Ular shariat qonunlariga ko'ra nikoh o'qitishdi. Bir umr baxtli hayot kechirishdi.

 

 

1 TA FIKR

  1. Nimaga tarixiy voqeani huddi yosh bolaning ertagidek qilib yozgansizlar, maqolani batafsil va qiziqarliroq qilib tayyorlash kerak edi.

Comments are closed.