Ayolning yog'li ovqatga rujo' qo'yishi uch avlodi sog'lig'iga jiddiy ta'sir ko'rsatadi!

0

Shveysariyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari ayollarning yog'li oziq-ovqatlarni ko'p iste'mol qilishga odatlanib qolishi uning uch avlod davomidagi nasli organizmidagi moddalar almashinuvining yomonlashuviga sabab bo'lishini isbotladi.
Uzoq muddat davomida zararli yog'lar va ortiqcha qand moddasi bilan to'yingan ayol organizmi o'zi va farzandlari dunyoga keltiradigan zurriyodlari turli xildagi muammolar bilan tug'ilishiga ta'sir ko'rsatar ekan.
Tajribalar shuni ko'rsatdiki, eng salbiy oqibat bunday onalardan dunyoga kelgan aksariyat go'daklar yuragining chap kamerasidagi nuqson bo'lishidir. Butun organizmda qon aylanishi aynan ana shu kameradan boshlanishini inobatga olsak, ayollar xolesterin va qand moddasi bilan nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda bo'lishlari lozimligi oydinlashadi.