Yuzga ajin tushiradigan 5 xil mahsulot

0

Biz iste'mol qilayotgan taomlar organizmimiz qarish jarayoniga o'z ta'sirini ko'rsatadimi? Bo'lmasam-chi! Masalan quyidagi besh mahsulotni taomnomamizdan chiqarib tashlab, biz anchagina yosharishimiz mumkin.

Kartoshka fri

Muammo shundaki, qizib turgan yog'da jizg'anak bo'lib qovurilgan kartoshka organizmimizdagi erkin radikallarni o'ldirib yuboradi. Erkin radikallar esa terining elastikligini ta'minlab beradigan asosiy vositalardan biri.

Shakar

Olimlarning fikricha, kimning organizmida qqand miqdori yuqori bo'lsa, terisiga shikast yetishni boshlaydi. Shunday ekan, qand tanqisligini, yaxshisi, mevalar yordamida qondirishga harakat qiling.

Qayta ishlangan go'sht mahsulotlari

Sosiska, sardelka, kolbasalar go'shtni qayta ishlab, tayyorlangan mahsulot bo'lgani uchun tarkibidagi kanserogen moddalari bilan teri qarishini kuchaytirib yuboradi. Chunki ular tarkibida natriy moddasi, to'yingan yog' va sulfitlar mavjud.

Shu bois ularning o'rniga aminokislotalar bilan boyigan tovuq va kurka go'shtini iste'mol qilganingiz ma'qul.

Qahva

Garchi qahva yengil siydik haydovchi vosita bo'lsa ham organizmdagi suyuqlikni chiqarib yuboradigan darajada zararli emas. Biroq u uyqu tizimimizni yaxshigina shikastlaydi. Kam uxlagan paytingizda ajinlar yanayam sezilarli bo'lib qolishini bir eslang.

Grilda pishgan taomlar

Grilda tayyorlangan sabzavotlar avval ta'kidlanganidek, unchalik zararsiz emas ekan. Go'shtni-ku, aytmay qo'ya qoling! Chunki yarim to'yingan yog' kislotalari, jumladan o'simlik yog'i o'zidan zararli modda ajrata boshlaydi. Shunday ekan, go'sht va sabzavotlarni grilda piirmoqchi bo'lsangiz, yaxshisi ularni yog'siz tayyorlang.