18 yoshli o'smir chala pishirilgan go'shtdan vafot etdi

0

Hindistonning Faridobod shahrida bir o'smir yaxshi pishirilmagan go'sht tarkibida mavjud bo'ladigan lentasimon chuvalchang tufayli vafot etdi.

18 yoshli o'smir tutqanoqqa o'xshagan xurujlar tufayli shifoxonaga murojaat qilgan. Avvalroq u o'ng ko'z qizarishi, qorin qismining o'ng tarafida kuchli og'riqdan shikoyat qilayotgandi. Tekshiruv natijasida yigitchaning markaziy nerv tizimida lentasimon chuvalchang borligi aniqlandi. O'sha paytda jarohatlar miyaga qadar yetib borgandi. Bu parazitni faqat yaxshi pishirilmagan cho'chqa go'shti yoki iflos suvlardan yuqtirib olish mumkin.

An'anaviy davo usullari o'smirga foyda qilmadi. Va u ikki haftadan so'ng vafot etdi.