Og'ir mehnat qon tomirlarga jiddiy ziyon yetkazarkan…

0

 

Amerika olimlari shu kunga qadar boshqa hamkasblarining jismoniy mehnatni sport bilan tenglashtirish falsafasini qat'iyan rad etdi. Ular o'tkazgan tadqiqotlar buning aksini ko'rsatibdi. Ya'ni, hafta davomida 450 soat og'ir mehnat bilan shug'ullangan odamning qon tomirlariga jiddiy zarar yetib, ateroskleroz xastaligini keltirib chiqararkan. Eng xavfli jihati shuki, uzzukun og'ir mehnat bilan band bo'ladiganlarning erta o'lim topish darajasi boshqalarga nisbatan 18 foiz ko'proqni tashkil etarkan. Ammo olimlar jismoniy mehnatning o'rtacha og'irlikdagi turi bilan mashg'ul bo'lish, bunday mehnatga professional tarzda yondashish foyda keltirishini ham qistirib o'tishdi.