ShAROB ODAMNI SARATON XASTALIGIGA DUChOR ETADI…

0

 

Sautgempton universiteti olimlari o'tkazilgan navbatdagi tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib, sharobxo'rlarni jiddiy ogohlantirishdi. Ma'lum bo'lishicha, kuniga bir shisha sharob ichadigan erkakning saratonga uchrash xavfi 1 foizga, ayolning bu xastalikka duchor bo'lish xavfi esa 1, 5 foizga osharkan. Ayollar sharobxo'rlik oqibatida asosan ko'krak saratoni xastaligiga duchor bo'lishi mumkin. Erkaklarda spirtli ichimlik tufayli asosan jigar, oshqozon-ichak, og'iz bo'shlig'i saratoni kabilar kuzatiladi.