Itlar o'ta xavfli xastaliklarga tashhis qo'yishda tengsizdir…

0

 

«Medical Detection Dogs» tashkiloti mutaxassislari o'nlab itlarni xavfli xastaliklarni ilk bosqichdayoq aniqlashga o'rgata olishdi. Aytishlaricha, bu itlar 5 million litr suvga bir choy qoshiq shakar qo'shsangiz ham darhol suv tarkibida shakar borligini ko'rsatib bera oladi.

Bu itlar saraton, qandli diabet, Parkinson, malyariya kabi xastaliklarni ter hidi yordamida aniqlab beradi. Dastlabki eksperimentlardayoq itlar ter hidining bir nechta ko'rinishlarini hidlab ular orasidan xastalik paytida paydo bo'ladigan ter hidini ko'rsatib bera oldi. Natija 99 foizni tashkil etdi.