Yangi uzilgan meva sharbati organizm uchun zararli ekan…

0

 

Amerikalik dietolog Robin Forutanning gapiga qaraganda, yangi uzilgan mevadan darhol sharbat tayyorlansa, bu sharbat inson organizmiga foydaning o'rniga zarar yetkazarkan. Chunki meva ezilgan mahal tarkibidagi polifenol va antioksidantlarni yo'qotadi. Oqibatda bu sharbat qondagi qand miqdori keskin oshishiga sababchi bo'lib, qandli diabet xastaligini keltirib chiqaradi.

Hatto, sabzi va lavlagi sharbati ham organizmga foyda bera olmaydi. Shuning uchun dietolog barchaga maksimum yarim stakandan sharbat ichish bilan cheklanishni maslahat beradi. Shunda ham haftada bir marta ichish kifoya qiladi. Qolaversa, meva sharbatini sharbat ezish uskunasida emas, blenderda tayyorlash zarurligini uqtiradi. Shunda mevadagi polifenol va antioksidantlar oz miqdorda bo'lsa-da saqlanib qoladi.