Ko'krak bezi saratonining kelib chiqish sababi topildi!

0

Ortiqcha vazn hamda spirtli ichimliklarni me'yoridan ortiq iste'mol qilish ko'krak bezi saratoniga chalinish xavfini oshirar ekan. Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdi.

Avstraliyalik olimlar 200 ming nafar ayol ishtirok etgan 6 ta tadqiqot o'tkazishdi. Mutaxassislar barcha ayollarni ma'lum vaqt davomida tekshirib ko'rgach, ortiqcha vazn hamda alkogol ko'krak bezi saratonini eng ko'p chaqirishini aniqlashdi.

«Semizlik mazkur kasallikka chalinish ehtimolini oshiruvchi eng xavfli omil. U kelasi 10 yillikda 17 500 nafar ayolning kasallanishiga sabab bo'lishi mumkin», – deydi tadqiqotchi Maarit Laaksonen.

Spirtli ichimlik zimmasiga 11 600 ta kasallanish holati to'g'ri keladi.

Bundan tashqari, 5 yildan ortiq vaqt davomida gormonal preparatlar ichib yurgan ayollar ham ko'krak bezi saratoniga chalinib qolishlari mumkin.