Oddiy yogurt sizni infarktdan xalos etadi!

0

Olimlarning xulosalariga ko'ra, hafta davomida ikki marotaba xushta'm yogurt iste'mol qilish infarkt paydo bo'lish ehtimolini uch barobarga qisqartirar ekan.

Mutaxassislar 55 ming ayol va 18 ming erkak o'rtasida tadqiqot o'tkazib, shu xulosaga kelishdi. Ma'lum bo'lishicha, haftada ikki porsiya yogurt iste'mol qilish qon tomirlarini mustahkamlaydi, organizmning yurak kasalliklariga qarshi reaksiyasini kuchaytiradi.

Olimlar gipertoniya tashxisi qo'yilgan insonlarga haftada bir necha porsiya yogurt berib ko'rishdi. Natijada ayollarning infarktga chalinish ehtimoli 30 foizga kamaydi, erkaklarniki esa 19 foizga.

Shuningdek, ayollarda qon tomirlarda operatsiyalar o'tkazish zarurati ham mazkur mahsulot bois 16 foizga kamaygan.