Ovqatlanish tartibini o'zgartirmay turib tez va oson ozish siri

0

Parhezshunoslar fikricha, inson parhez bois biror sevimli mahsulotini yeya olmay qolsa, tushkunlikka tushib qolar ekan. Sh bois parhez tugagach, ayrim insonlarda vaznning oldingidan ham oshib ketish holati kuzatiladi.

Dietolog Andrey Makoveskiy unchalik katta o'zgarishlar qilmay tez va oson ozishning besh usulini ko'rsatib berdi.

1. Ovqatdan 15 daqiqa avval bir stakan suv iching.

Taomdan avval ichilgan bir stakan suv ishtahani kamaytiradi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Hazm qilish tizimi qancha yaxshi ishlasa, moddalar almashinuvi ham yaxshilanadi. Bundan tashqari, qaynamagan suv ichish – organizmda ortiqcha yog' to'planmasligini ta'minlaydi.

2. Shirinliklarni 14:00 gacha yeb oling

Agar shunday qilsangiz, barcha ortiqcha kaloriyalar singib ketishga ulguradi. Agar barcha kaloriya erib ketsa, u yoqqa aylanmaydi. Shirinliklarni qancha kech yesangiz, ortiqcha yog' to'planish ehtimoli shuncha ko'payadi.

3. Kech soat 12 da uxlab, ertalab 8da uyg'oning

Organizmning o'z bioritmlari mavjud. Agar uyquga vaqtida yotsangiz, organizm to'g'ri ishlaydi. Organizm o'zini qayta tiklab oladi, stress paydo bo'lmaydi.

4. Ozishingizga ishoning

Xayolingizdagi “Ozolmay qolsam-a?!” degan fikrni butkul chiqarib tashlang. Genetika, gormonlar va muvaffaqiyatsiz urinishlarni unuting. Agar biz tuzalishimizga qattiq ishonsak, organizm ham shunga harakat qila boshlaydi. Ozish ham shunday jarayon.

5. Ko'proq nafas oling

Organizmga qancha ko'p kislorod tushsa, shuncha ko'p yog' eriy boshlaydi. Masalan, yugurish davomida biz chuqur-chuqur nafas olamiz va juda ko'p kaloriya yo'qotamiz. Bu kaloriyani organizm aynan yog'larni eritish hisobiga oladi.