Otajonovlar oilasida og'ir judolik

0

O'zbek mumtoz qo'shiqchiligi eng yorqin yulduzlaridan biri, O'zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonovning rafiqasi Gulsara Otajonova 4 aprel kuni vafot etdi. Bugun peshin namozidan so'ng, Toshkentdagi «Said Vaqqos ota» jome masjidida janoza namozi o'qiladi.

Ortiq Otajonov 4 farzandning otasi, 10 nafar nabiraning bobosi.

Tahririyatimiz nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.