Olimlarning aytishicha, kofe odamni saraton xastaligiga yo'liqtirarkan…

0

 

Amerikalik olimlar insoniyatni jiddiy ogohlantirmoqda. Ular olib borgan uzoq muddatli izlanishlar kofe oqibatda odamni saraton xastaligiga duchor etishini tasdiqlabdi. Buning uchun kuniga ikki chashka kofe ichish yetarli emish.

Ma'lum bo'lishicha, tamaki chekmaydiganlar kuniga ikki chashkadan kofe ichsa, saratonga uchrash xavfi 41 foizga ortarkan. Ular asosan o'pka saratoniga yo'liqarkan. Bu zararni kofega kofein emas, kofe donini qovurish jarayoni keltirib chiqararkan.

Lekin rossiyalik olimlarning bu masaladagi fikri butkul boshqa. Ular azaldan kofe insonlarni yurak, jigar, miya xastaliklaridan himoya qilishini ta'kidlab kelishgan va hozir ham o'sha fikrda qolishmoqda.