Gretsiyada uch ota-onadan yaralgan chaqaloq dunyoga keldi!

0

Gretsiyada g'aroyib bir chaqaloq dunyo yuzini ko'rdi. Embrion bir erkak hamda ikki ayol jinsiy hujayralaridan vujudga kelgan. Uni yetishtirish uchun Gretsiya hamda Ispaniya olimlari birgalikda ish olib borishdi. Homiladorlik chog'ida onada hech qanday kasallik kuzatilmadi va sog'lom chaqaloq o'z vaqti-soatida dunyoga keldi.

Aytib o'tish lozimki, mazkur hodisa Gretsiya tarixidagi birinchi va dunyo tarixidagi uchinchi holatdir. Bundan avvalroq Meksika hamda Ukrainada xuddi shunday chaqaloq tug'ilgan. Mazkur usulga binoan olimlar befarzandlikni davolab, juftliklarga ota-ona bo'lish baxtini tuhfa etishmoqchi.

Biroq zamonaviy meditsina hozirda bu kabi tajribalarni o'tkazishga cho'chib turibdi. Tadqiqotchilar mazkur loyihaning ahloqiy tomonlarini o'rganib chiqishmoqda.