Quyidagi dorilar erkaklar salomatligi uchun zararlidir…

0

 

Barchaga ma'lum, erkaklar yoshi qirqdan oshgach, jinsiy quvvat masalasida sezilarli muammolarga duch kelishadi. Jinsiy quvvatni esa yoshdan tashqari, ayrim dori vositalari ham pasaytirish xususiyatiga ega. Masalan, tinchlantiruvchi dorilar tarkibidagi neyroleptiklar organizmda erkaklik gormonlari ishlab chiqarilishini to'xtatib qo'yadi. Bu narsa hatto oddiy tinchlantiruvchi tomchi dorilar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.

Bundan tashqari, oshqozon xastaligiga qarshi dorilar erkak organizmidagi testotron sintezini pasaytiradi. Analgetiklar ham erkak kishining jinsiy quvvatiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Shuning uchun olimlar erkaklarga yuqorida sanab o'tilgan dorilar iste'molini me'yordan oshirmaslikni maslahat beradi.