TIShNI TOZALAMAY QO'YSAK, NIMA BO'LADI?..

0

 

Olimlarning fikricha, agar biz tishlarimizni tozalashdan to'xtasak, vaqt o'tishi bilan tishlarimiz orasida toshchalar paydo bo'ladi. Bu tishlar mustahkamligiga barham beradi. Oqibatda tishlar to'kila boshlaydi. Lekin bu jarayon juda kuchli og'riqlar kuzatuvida sodir bo'ladi.

Umuman aytganda, tish tozalash odati qadimiy misrliklarda ham bo'lgan. Ular «sivak» daraxti novdalaridan tish tozalash uchun maxsus danakchalarni ajratib olib, o'shaning yordamida tish tozalash amallarini ado etishgan.

Olimlar aytishmoqdaki, tish tozalashdan to'xtash bu yaqin kelajakda parodontit va gingivit kabi xastaliklar kelib chiqadi deganidir. Qolaversa, tish tozalamaslik oqibatida tishlar orasida paydo bo'ladigan toshchalar nafaqat tish, balki milklarni ham yaroqsiz holatga keltirib qo'yadi.