BIR KUNDA QANChA MIQDORDA ShAKAR YeYISh MUMKIN?..

0

 

Rossiyalik dietolog Alla Pogojeva o'z izlanishlari natijasida shakarga bo'lgan ehtiyojni qondirish masalasiga alohida to'xtaldi. Ma'lum bo'ldiki, agar odamda semirishga moyillik bo'lmasa, qandli diabet bilan og'rimagan bo'lsa, bir kunlik umumiy ratsiondagi kaloriyaning o'n foizi miqdorida shakar iste'mol qilishi mumkin ekan. Bu bir kunda ikki choy qoshiq shakar yeyish mumkin deganidir. Dietolog yana qayta ogohlantiradi. Bir kunda ikki qoshiq shakarni faqat sog'lom odamlargina iste'mol qilishi mumkin. Boshqalarga shakar faqat ziyon yetkazadi. Aniqroq aytganda, yurak xastaliklari, qandli diabet va semirish kabilarga duchor etadi.